20 okt 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Katta Fyuri: "Joshuada Fyuri yoki Uaylderdagi xarakterning chorak qismi ham yo'q"
WBC chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaniing kelajagi haqida gapirdi.
"Sizlarga Joshuaning tana harakatlari ham ko'p narsani aytadi. Usik bilan jangda uning stulda o'tirishi ham juda g'alati edi. Haqiqiy jangchi o'zini bunday tutmaydi. O'g'lim yoki Uaylderga qarang, ular hech qachon boshlarini egishmaydi. Uaylder mag'lub bo'layotgan bo'lsa ham, o'zidagi borini berdi. Deyarli hushsiz holatda bo'lsa ham boshini tik tutdi.
Joshuani ayblamoqchi emasman. U o'zida bor barcha narsani ishga solmoqda. SHunchaki, unda Fyuri yoki Uaylderdagi xarakterning chorak qismi ham yo'q. Ajoyib chempion bo'lgandi, ammo hech qachon u Fyuri yoki Uaylderni mag'lub qila olmaydi", - dedi Jon Fyuri.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar