15 jan 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Kayla Xarrison va Amanda Nunes jangi bekor qilindi, bunga sportchilardan birining jiddiy jarohati sabab bo'ldi
Ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida UFC chempioni Kayla Xarrison bo'ynidagi jarohati tufayli braziliyalik Amanda Nunesga qarshi jangda ishtirok eta olmaydi.
Bu haqda dastlab, jurnalist Leo Gimaraesh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. So'ngra UFC ham malumotni tasdiqladi.
Mavjud malumotlarga ko'ra, Kayla endi tiklanish uchun jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'ladi. U olti oydan keyin safga qaytishi kutilmoqda.
Kayla va Amanda o'rtasidagi jang 25 yanvar kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 324 musobaqasi doirasida o'tkazilishi kerak edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar