14 dek 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining mukofot puli oshadi va yana bitta vazn qo'shiladi
Bu malumotni kechagi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng shaxsan IBA prezidenti Umar Kremlyov berdi.
Uning aytishicha, kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi oshiriladi va vazn toifalari bittaga ko'paytiriladi.
"Biz mukofot jamg'armasini sakkiz million dollardan o'n million dollargacha ko'taramiz. Bu to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni egallagan bokschilarga 10 mingdan emas, 30 ming dollardan gonorar olish imkonini beradi.
SHuningdek, Kongressga vazn toifalari sonini 14 taga etkazishni va -100 kg gacha vaznni qo'shishni taklif qilaman" - dedi Kremlyov.

Havola :
Manba : Interfax
Fikrlar