09 iyu 09:22
Yangiliklar
Ketterol SHahram G'iyosov kabi uzoq kutmoqchi emas. U Romeroga murojaat qildi
"Tushunishicha, SHaxram ancha vaqtdan beri Rollini quvib yurgan, lekin Rolando u bilan jang qilishni istamagan. Biz esa imkoniyatdan foydalanib, chempionlik jangi uchun navbatga chiqdik. Men menejerlarim Sem Jons va Eddi Hirnga kutib o'tirishni xohlamasligimni aniq qilib aytdim. SHuning uchun ham WBO bo'yicha majburiy davogarlik maqomidan voz kechib, shu yo'lni tanladim. Rolli, agar xohlasang, keyingi jangni darhol o'tkazamiz. Kel, hal qilaylik. Agar istamasang, unda kamarni bo'shat va o'z yo'lingdan ket. Biz esa jang qilishda davom etamiz, faol bo'lamiz va eng kuchli raqiblar bilan to'qnashamiz", deydi Ketterol.
Eslatib o'tamiz, Jek 23 may kuni Misrning Giza shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomida hamyurtimiz SHahram G'iyosovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, WBA Regular kamariga ega chiqqandi.
Fikrlar