26 fev 16:46
Yangiliklar

Kevin Li agar Xabib - Sen-Per jangi o'tkazilsa, kim g'olib bo'lishini aytdi
"Men Sen-Per va Xabib o'rtasida ehtimoliy greppling jangi bo'lishini eshitmadim. Bu qiziq. Greppling jangi aralash yakkakurashlardan tubdan farq qiladi. Agar jang raqibning taslim bo'lishigacha davom etsa, Sen-Perni g'olib deb aytgan bo'lardim. Lekin, jang durang natija bilan yakunlanishi ham mumkin. Yakunda ularning hech biri mag'lub bo'lmaydi", — deya Lining so'zlarini keltiradi Middle Easy.
Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan. Ushbu jang 2020 yil oktyabr oyida UFC 254 turniri doirasida o'tkazilgan. Xabib ikkinchi raundda "uchburchak" bo'g'ish usulini qo'llash orqali g'alabaga erishgan. Jang tugashi bilanoq rossiyalik sportchi MMAdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Xabib 29 ta jangda 29 ta, shu jumladan UFC doirasidagi 13 ta jangda 13 ta g'alabaga erishgan.
Fikrlar