05 avg 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Kikbokschimiz SHer Mamazulunov Moskvada navbatdagi jangini o'tkazdi
Kikboksingchimiz SHer Mamazulunov Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida faoliyatidagi 31-jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda sportchimizga belaruslik tajribali Pavel Obozniy raqiblik qildi. Jang K-1 yo'nalishida o'tkazildi va muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raund nihoyasiga etib borayotgan bir paytda belaruslik jangchining murabbiylari mag'lubiyatni tan olishdi. Referi jangni to'xtatdi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Mamazulunovning kikbokschingdagi ko'rsatkichi 24-7 ga etdi. U kecha oqshom 24-g'alabasini qo'lga kiritdi. 37 yoshli Obozniy esa shu kungacha 58 ta jangda g'alaba qozonib, 13 ta bahsda imkoniyatni boy bergandi. SHer Pavelga faoliyatidagi 14-mag'lubiyatni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar