So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

02 apr 07:53
Yangiliklar

Bolalar sporti

Kitobda yangi yopiq turdagi sport koshonasi foydalanishga topshirildi

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Kitob tumanida yangi usti yopiq suv inshooti, basketbol maydonchasi, suniy qoplamali futbol maydoni qurish hamda tennis kortini kapital tamirlash taklifi bildirilgan edi.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Guliston mahallasida qurilgan ushbu sport inshootlari foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan barpo etilgan obektning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro'ziev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Mazkur sport inshootlarini qurish uchun jamg'arma mablag'lari hisobidan 6,8 milliard so'm ajratildi. Usti yopiq suv inshooti tarkibida 11x25 metr o'lchamdagi basseyn, murabbiylar, shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o'rindiqlar mavjud.

Bundan tashqari, mavjud tennis korti kapital rekonstrukciya qilinib, 22x42 hajmli mini-futbol maydoni va basketbol maydonchasi yangidan qurib foydalanishga topshirildi. Bu erda ham yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari mavjud.

Sport majmuasi atrofi obodonlashtirilib, musiqali favvora ham bunyod etildi.

Kitob tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 500 nafardan ortiq o'g'il-qiz suzish, futbol va basketbol sirlarini o'rganishi uchun sharoitlar yaratilgan. Etiborlisi, bolalar va o'smirlar sport maktabiga jamg'arma tomonidan 45 nomdagi 400 million so'mlik jihozlar ham topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing