22 jan 11:55
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Kizda qatorasiga 10-g'alaba va u Australian Open 1/2 finalida
Amerikalik tennischi Medison Kiz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
			Dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan Kiz 1/4 finalda WTA reytingida 27-pog'onada borayotgan ukrainalik Elina Svitolinani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/3, 6/4. Medison tennischilarning o'zaro uchrashuvi hisobida ham oldinda bormoqda - 4:2.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Kiz 6, Svitolina 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Amerikalik tennischi faoliyatida uchinchi bor Australian Open turnirining ushbu bosqichiga etib keldi. U ketma-ket 10 ta uchrashuvda g'alabaga erishdi. Avstraliya Ochiq chempionatidan oldin u Adelaidadagi turnirda chempion bo'lgandi. Endi u final chiptasi uchun dunyoning ikkinchi raketkasi polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar