07 mar 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko boksni chempion sifatida tark etmoqchi
Ukrainalik superog'ir vaznli bokschi Vladimir Klichko Entoni Joshuaga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu hayotimdagi eng muhim sinovlardan biri bo'ladi. 18 oylik tanaffusdan so'ng yosh va istedodli bokschiga qarshi ringga chiqaman. Bunday vaziyatga anchadan beri tushmagandim. Bu men uchun haqiqiy chaqiriq.
Ringni chempion sifatida tark etmoqchiman. Ko'pchilik meni aqldan ozgan deb hisoblamoqda - 41 yoshda o'zimdan yosh va kuchli bokschiga qarshi jang qilaman. Undan tashqari raqib barcha jangini nokaut bilan yakunlagan. Men shunchaki g'alaba qozonish istagidaman", - deydi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Klichko jangi 29 aprel kuni Londonda bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar