08 okt 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko engilmas va nokautchi Joshua bilan kelishib oldi
Ukrainalik bokschi, superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) juda katta ehtimol bilan navbatdagi jangini britaniyalik Entoni Joshua (17-0, 17 KO)ga qarshi o'tkazadi.
Tayson Fyuri bilan ikkinchi marotaba ham revansh jangi qoldirilgach, Klichkoning jamoasi britaniyalik Entoni Joshua vakillari bilan aloqaga chiqishdi. O'z o'rnida Entonining jamoasi ham jangga og'zaki rozilik bergan.
Joshuaning jangi 26 noyabr kuniga belgilangan. Klichko esa 10 dekabr kuniga Germaniyaning Gamburg shahridagi arenani “bron” qilib qo'ygan. Joshua IBF yo'nalishi chempioni xisoblanadi. U 17ta jangning barchasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar