22 iyu 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko jamoasi Fyuri bilan jangni Germaniyaga ko'chirmoqchi
Yaqin kunlarda professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoning yuristlari Tayson Fyurining jamoasi bilan uchrashib, revansh jangini Germaniyaga ko'chirish masalasida muzokara o'tkazishadi.
Britaniyaning Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Klichkoning jamoasi Manchester shahrida o'tkaziladigan jangni Germaniyaga ko'chirishga urinib ko'radi. Buning uchun 29 oktyabr sanasiga Gelzenkirxen va Dyusseldorfdagi stadionlar “bron” ham qilingan.
Eslatib o'tamiz, Vladimir Klichko va uchta yo'nalish bo'yicha amaldagi jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Fyurining jarohati sabab jang 29 oktyabrga ko'chirilgandi.
Havola :
Fikrlar