05 apr 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko - Joshua. CHipta narxi 44 000 dollarga ko'tarildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasi IBF chempionlik kamari sohibi Entoni Joshua hamda davogar Vladimir Klichko o'rtasidagi jangga bo'lgan qiziqish keskin ravishda oshdi.
CHempionlik jangi London shahridagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. Jang uchun chiqarilgan 90 000 dona chipta allaqachon sotib bo'lingan.
Olib-sotarlar esa internet orqali bitta chiptani 44 000 dollarga pullashyapti. Vladimir Klichko va Entoni Joshua o'rtasidagi jang 29 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar