25 iyu 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko: “Men shunchaki hayratdaman”
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO)ning jarohatiga o'z munosabatini bildirdi.
“Albatta, hozir jangning qoldirilishidan hayratdaman. Bu jangni muxlislar intiqlik ila kutishayotgandi. Har qanday holatda ham men ertami-kech o'z kamarlarimni qaytarib olaman”, – dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri kechagi mashg'ulot chog'ida oyog'idan jarohat olgan edi. SHu sababli match revansh jangi nomalum muddatga qoldirilgandi. Hozircha chempionlik jangining yangi muddati bo'yicha xabar berilmayapti.
Havola :
Fikrlar