27 sen 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko navbatdagi jangini qachon o'tkazishini malum qildi
Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan jang qoldirilganidan so'ng ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) o'zi uchun jang sanasini belgilab oldi.
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni 10 dekabr kuni ringga ko'tariladi. Jang Germaniyaning Gamburg shahridagi Barclaycard Arena saroyida bo'lib o'tadi. Hozircha raqib nomi malum emas.
Xabarlarga qaraganda, Klikoning raqibi katta ehtimol bilan britaniyalik Entoni Joshua (17-0, 17 KO) bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 29 oktyabr kuniga belgilangan revansh jangi ikkinchi marotaba Tayson Fyurining jarohati sabab qoldirilgandi.
Havola :
Fikrlar