19 fev 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko superog'ir vaznning hozirgi holati haqida fikr bildirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko hozirda superog'ir vazn toifasidagi holat haqida gapirdi.
“Uaylder yoki Fyuri? Aniq kim yutishini bilmayman. CHunki birini ikkinchisidan kuchsiz deb o'ylamayman. Hozirgi vaqtda superog'ir vazn toifasida birinchi raqamli bokschi yo'q. Bunday bokschi bo'lishi uchun kamarlarni birlashtirish kerak.
Menimcha, kuchlilar o'zaro jang qilishi lozim. Jang g'olibi Joshuaga qarshi to'qnash kelishi kerak. CHunki aynan Joshua birinchi raqamli bokschi bo'lishga munosib”,-dedi Klichko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar