01 fev 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko va Joshua Nyu-Yorkda uchrashishdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik 27 yoshli Entoni Joshua hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik 40 yoshli Vladimir Klichko Nyu-York shahrida uchrashishdi.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi chempionlik jangi 29 aprel kuni London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Arena o'z bag'riga 90 000 ming tomoshabinni sig'dira oladi. Jang uchun chiqarilgan chiptalar sotib bo'lingan. Bokschilar AQSH bo'ylab turne tashkil qilishadi va matbuot anjumanlarida ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar