15 iyu 18:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko yakuniy mashg'ulot uchun Avstriyaga etib keldi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) uchta yo'nalishda jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga (25-0, 18 KO) qarshi o'tkaziladigan revansh jangiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o'tkazish uchun Avstriyaga etib keldi.
Klichko o'z jamoasi bilan birga uch hafta mobaynida aynan Avstriyada mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot uchun Going shahri tanlangan. Klichko Goingda sparing janglarga etibor qaratadi. Bu borada unga aralash qoidalar bo'yicha qozog'istonlik sportchi Aleksandr Zaxojiy yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o'rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Angliyaning Manchester shahridagi Manchester Arena saroyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar