04 apr 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoga mashg'ulotlarda afrikalik bahaybat bokschi yordam bermoqda
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Avstriyaning Going shahrida tashkil etilayotgan mashg'ulotlar Entoni Joshua bilan bo'lib o'tadigan jangga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Mashg'ulotlarda Klichkoga afrikalik bokschi yordam bera boshladi.
Kecha Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi bo'lgan Ruan Visser Avstriyaga etib keldi. 207 santimetr bo'yga ega Visser (9-1, 8 KO) Vladimirga sparring-raqib vazifasini o'tab beradi.

Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar