So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

10 iyu 11:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Klichkoni mag'lub etgan hamyurtimiz bilan suhbat

Bundan bir necha kun oldin ukrainalik Vladimir Klichkoni mag'lub etgan Erkin Quttiboev haqida malum qilgandik.


SHu yilning oktyabr oyida professonal boksning superog'ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni Vladimir Klichko o'zining ashaddiy raqibiga aylangan Tayson Fyuridan munosib o'ch olish uchun ringga chiqishidan xabaringiz bor. Britaniyalik sportchining jaroxati tufayli ortga surilgan bellashuvga qiziqish juda kuchli. Etiborlisi endilikda hamma avvalgidek Ukraina vakilini g'alabasini bashorat qilmayapti.Amaldagi chempionning kuchiga ishonganlar ham etarlicha topiladi. Biz bu borada yurtimizning eng ko'zga ko'ringan sportchilaridan biri muaytay bo'yicha Osiyo, Evropa va besh karra jahon chempioni Erkinboy Quttiboevga murojaat qildik. Negaki, nukuslik hamyurtimiz Vladimir Klichko bilan nafaqat bir zalda shug'ullangan, balki, bir necha bor to'qnash kelgan ham.


-Men Volodyani bu safar g'alaba qozonishiga ishonayapman-deya so'z boshladi Erkinboy Quttiboev. -Negaki, unda juda katta tajriba bor. Sportda esa tajriba juda ham muhim ahamiyatga ega. U yillar davomida turli darajadagi raqiblar bilan kuch sinashish, g'alaba va mag'lubiyatlar orqali keladi.

- Nega bo'lmasa Klichko birinchi jangda mag'lub bo'ldi?

- Menicha u raqib kuchini to'g'ri baholamay, o'ziga ishongan xolad ringga chiqqandi. O'zingiz o'ylang 11 yil davomida duch kelgan raqibni qulataverganidan keyin har bir sportchida ham shunday xolat bo'lishi tabiiy. Qolaversa,Tayson gavda jixatidan ham noqulaylik qildi. Mana endi Volodya bu safar umuman boshqacha taktika va tayyorgarlik bilan ko'rinish beradi. Bu kabi katta janglarda to'g'ri taktika ko'p narsani xal qiladi. Klichkoda texnika esa etarli. Yana bir nozik jixat borki, Fyuri Klichkoga yomon alam o'tkazyapti. Taysoning turli gap so'zlari, Klichkoga yanada kuch beradi. Hozirda Klichko uchun chempionlik kamarlaridan ham ko'ra Taysonni mag'lub qilish muhimroq.


- Bu sportchilarning birinchi janggidan keyin o'zaro “kelishilgan” degan gap so'zlar ham paydo bo'ldi?

- Bu mish-mishdan boshqa narsa emas. Men bu kabi janglarda ishtirok etgan inson sifatida bunga ishonmayman. O'zingiz o'ylang ortingizda xalqingiz turibdi, elkangizda davlatingiz bayrog'i. Qanday qilib jangni sotish mumkin. Yakkakurash vakillarida ayniqsa, oriyat kuchli bo'ladi.

-Siz o'z vaqtida Vladimirni yutgan ekansiz, esingizdami?

- Ha kechagidek esmimda. Men u paytlar Kievdagi institutda o'qirdim.1992 yili boks bo'yicha shahar chempionligi uchun o'zaro kuch sinashdik. Uni mag'lubiyatga uchratdim. O'sha paytlari kikboksing, tayboks sporti ham Ukrainada ham ommalasha boshlagandi. Men ham yangi sport turlari bilan shug'ullanish ishtiyoqi tug'ildi. Hatto, bu yo'nalishda ham Evropa va Osiyo chempioni bo'ldim. 1994-95 yillari u bilan yana boksdan kuch sinashishimga to'g'ri keldi. Garchi boksdan ketgan bo'lsamda ringga chiqdim. Biroq bu safar ochkolar bo'yicha uning ko'li baland keldi.


-Erkin aka shu kunlarda nima bilan bandsiz?

- Nukus olimpiya zaxiralari kollejida rahbarlik qilyapman.

- Kollejdan Quttiboevlar etishib chiqyaptimi?

- (Kulib) Muataydan hozirda to'rtta jahon chepioni chiqdi. Boshqa sport turlaridan ham chempionlar soni ko'payib bormoqda. 2020yilgi yozgi olimpiya o'yinlarida bizning kollejdan ham nafaqat ishtirokchilar balki,g'oliblar ham bo'ladi.Men bunga ishonaman.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing