30 apr 12:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoni mag'lub etgan Joshua Fyurini jangga chorladi
Ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratgan Entoni Joshua yana bir bor “Uembli” stadionida jang o'tkazish istagida ekanligini bildirdi.
Superog'ir vazn toifasida IBF, WBA hamda IBO yo'nalishlari chempioniga aylangan britaniyalik bokschi Klichkoni mag'lub etganidan so'ng o'z hamyurti Tayson Fyurini ringga chorladi. Fyuri 2015 yili sensacion tarzda ochkolar hisobiga ko'ra Klichkodan ustun kelgandi.
“Fyuri, Tayson Fyuri, qaerdasan? Men sen bilan jang o'tkazishga tayyorman. Men jang qilishni yaxshi ko'raman. O'zingni tartibga keltirib olsang, 90 000 muxlis ko'z o'ngida ajoyib boks kechasini o'tkazardik”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar