03 iyu 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning jamoasi jang 29 oktyabrda bo'lishini tasdiqladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super) va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasidagi revansh jangi 29 oktyabr kuni o'tkazilishi malum qilingandi.
Klichkoning menejeri Bernd Bente Sport Bild nashriga bergan intervyusida bu malumotni rasman tasdiqladi. Demak, revansh jangi 29 oktyabr kuni Angliyaning Manchester shahridagi Manchester Arena saroyida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, aslida bu chempionlik jangi 9 iyul kuni o'tkazilishi kerak edi. Lekin Tayson Fyurining oyog'idan olgan jarohati sabab jang kechroq muddatga ko'chirilgandi.
Havola :
Fikrlar