29 iyu 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning menejeri: "Fyurini tekshirishlarini kutyapmiz"
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning menejeri Berndt Bentening aytishicha, ular Tayson Fyurining doping bilan bog'liq batafsil tekshiruv ishlarini kutmoqdalar.
"Britaniya boks federaciyasi va Britaniya antidoping agentligi bu borada yaxshilab tekshiruv ishlarini olib boradilar va barchasi aniq bo'ladi. Bu narsa shunchaki qolib ketishi kerak emas", - deydi Bente.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri 2015 yilning kuzida Vladimir Klichkoni mag'lub etgandi. 9 iyulda esa ushbu sportchilar o'rtasida revansh jangi bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Biroq, britaniyalik bokschining jarohati tufayli ushbu jang o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Havola :
Manba : bild.de
Fikrlar