23 dek 13:42
Yangiliklar
Ko'chirilgan Tokio Olimpiadasi xarajatlari 16 mlrd.dollarga etmoqda
Avval boshda esa bu xarajatlar 1,35 trillion yena bo'lishi rejalangan edi.
“Tokio-2020” Olimpiadasining xarajatlari 294 milliard yenaga (2,84 milliard dollarga) ortdi. Bu, jumladan O'yinlar obektlarini jihozlash, Olimpiya shaharchasiga xizmat ko'rsatish va sport jihozlarini saqlash xarajatlarining ortishi hisobiga bo'ldi. 96 milliard yena (taxminan 1 milliard dollar) esa 2021 yilda Olimpiada paytida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun sarflanadi.
O'yinlar umumiy xarajatlarining 721 milliard yenasini (deyarli 7 milliard dollar) Tashkiliy qo'mita o'z zimmasiga oladi, Tokio municipaliteti xarajatlarning 702 milliard yenasini (deyarli 6,8 milliard dollar), Yaponiya hukumati – 221 milliard yenasini (2 milliard dollar) to'laydi.
Fikrlar