11 noy 10:34
Yangiliklar
Tennis
Koko Goff Yakuniy WTA turniridan qancha gonorar ishlab oldi?
Amerikalik 20 yoshli tennischi Koko Goff Ar-Riyodda yakunlangan WTA Yakuniy turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Amerikalik iqtidor egasiga bu chempionlik deyarli 5 mln dollar mukofot puli keltirdi. Aniqrog'i, dunyoning uchinchi raketkasi bankdagi hisob raqamini 4 million 805 ming AQSH dollariga boyitib oldi. Bu WTA turnirlari uchun rekord summa hisoblanadi.
Umuman olganda, Goff bu yilgi mavsumda turnirlardagi ishtirokidan 9,35 mln dollar ishlab oldi. Uning faoliyatidagi mukofot pullari esa 21,5 mln dollardan ko'proqni tashkil qiladi. WTA Finals finalchisi xitoylik CHjen Cinven esa Yakuniy turnirdagi ishtiroki uchun 2 million 305 ming dollarga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar