19 mar 11:12
Yangiliklar

Kolbi Kovington CHimaevga qarshi jang uchun shartini elon qildi
"CHimaev xuddi Dastin Porega o'xshab ketadi. Ular meni ko'rgan zahoti urib tashlayman deb gapirishadi, biroq yuzma-yuz kelib qolsak boshini pastga tushirib ketishadi. Ular o'zlaridan kuchli yigitlarni «yasab» olishadi.
Xamzatda hech bo'lmasa bitta yaxshi g'alaba yo'q. CHimaev shamollab qolgani sababli faoliyatini qanday yakunlamoqchi bo'lganini hamma eslaydi. U ruhiy jihatdan zaif.
U men bilan jang qilish uchun bir nechta raqibni mag'lub etishi kerak. Mening rezyumemga qarang — men chempionlarni mag'lub etdim. Ular bilan jang qilganimda, reytingda ikkinchi, uchinchi, beshinchi o'rinlarni egallashgandi. Mening natijalarim o'zim uchun gapiradi.
CHimaevga yaxshi g'alabalar qo'lga kiritish kerak, ammo hozirgacha 3-4 ta jangda g'alaba qozongan. U hali vaznning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishga tayyor emas", - dedi Kovington.
CHimaev 9 aprel kuni UFC 273 turnirida Gilbert Bernsga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar