06 mar 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Kolbi Kovington: "Dastin, tayyor tur, navbat senga keldi!"
Yarimo'rta vaznda UFC jangchisi Kolbi Kovington bugungi g'alabasidan so'ng Dastin Porega "vyzov" tashladi.
Kolbi bugun Las-Vegasdagi "Ti-Mobayl Arena"da o'tgan UFC 272 oqshomining markaziy jangida sobiq jamoadoshi va do'sti Xorxe Masvidalni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
"Men hozirgina Mayami ko'chasi ahlatxonasiga g'amho'rlik qildim. Endi esa Luiziana botqog'i ahlatxonasiga navbat keldi. Dastin Pore, qani, qaerdasan? Manzil va vaqtni ayt. Konordan bo'lgan farzanding va xotiningni olginda mening yonimga kel. Sen navbatdagisan", – deya keskin fikr bildirgan Kovington.
Havola :
Fikrlar