25 may 07:25
Yangiliklar
Futbol

Koman yangi shartnoma bo'yicha "Bavariya"da ikki baravar ko'p maosh olmoqchi
Yarim himoyachi Kingsli Koman yangi shartnoma bo'yicha "Bavariya" bilan kelisha olmayapti.
Futbolchi hozir ishlayotganidan ikki baravar ko'p topmoqchi. "Bavariya" pandemiya davrida unga 16-17 million evro to'lashga tayyor.
Qayd etish kerakki, franciyalik futbolchining vakillari unga yangi klub qidirish harakatiga tushishgan.
24 yoshli Koman joriy mavsum "Bavariya" libosida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 15ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar