So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

20 fev 15:36
Yangiliklar

Futbol

Qishda O'zbekistonga kelgan eng qimmat legionerlar

Bugun tunda O'zbekistonda qishki transfer oynasi yopiladi.

Klublarimiz o'z tarkibiga ko'plab legionerlarni jalb qilishgani hech kimga sir emas. Ko'plab xorijlik futbolchilarni ism familiyasini birinchi marta eshitdik. Ularning qanday saviyada ekanini mavsum ko'rsatib beradi. Biz Transfermarkt portaliga ko'ra, ayni paytda transfer narxi eng qimmat bo'lgan 13 nafar futbolchini ko'rib chiqishga qaror qildik.

400 000 evro - Salvador Sanches (Argentina/"Dinamo")
400 000 - Katulondi Kati (Kongo DR/"Navbahor")
400 000 - Aleksandre Andronikashvili (Gruziya/"Andijon")
450 000 - Pyotr Pajishek (Polsha/"Paxtakor")
500 000 - Nikolay Ivanov (Belarus/"Lokomotiv")
500 000 - Kingsli Sarfo (Gana/"Dinamo")
500 000 - Aleks Fernandes (Braziliya/"Navbahor")
500 000 - Mauro Brasil (Urugvay/"Dinamo")
550 000 - Stipe Perica (Xorvatiya/"Neftchi")
700 000 - Vanya Ilich (Serbiya/"Navbahor")
700 000 - Yovan Nishich (Serbiya/"Lokomotiv")
700 000 - Nemanya CHalasan (Serbiya/"Andijon")
800 000 - Anri CHichinadze (Gruziya/"Navbahor")

"Navbahor" narxi 800 ming evro bo'lgan gruziyalik markaziy himoyachi Anri CHichinadzeni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu ro'yxatda eng qimmat uch nafar futbolchi ham Serbiya mamlakatidan ekaniga etibor qiling. "Andijon"ga kelgan CHalasan markaziy himoyachi, terma jamoa sobiq futbolchisi. Faoliyati davomida Portugaliya klublarida ham o'ynagan. So'nggi klubi Qozog'istonning "Elimay" jamoasi bo'ldi. 

"Navbahor"ga o'tgan Ilich esa "lochinlar" uni bekorga "Radnichki Nish" klubidan sotib olmaganini isbotlashi kerak bo'ladi.

"Lokomotiv"ga o'tgan yarim himoyachi Nishich ham terma jamoada kam bo'lsa ham maydonga tushishga ulgurgan va o'tgan ikki mavsum Ilich bilan bitta klubda o'ynagan.

O'zbekistonning amaldagi chempioni Farg'onaning "Neftchi" klubi "Udineze", "Uotford", "NAK Breda", "Standard" kabi jamoalarda to'p tepgan xorvatiyalik hujumchi Stipe Pericani o'z safiga qo'shib oldi.

"Dinamo" narxi 500 ming bo'lgan ikki legionerni o'z safiga qo'shib oldi. Himoyachi Mauro Brasil O'zbekiston Superligasida o'ynaydigan tarixdagi birinchi urugvaylik futbolchi bo'ladi. Ganalik yarim himoyachi Kingsli Sarfo esa "Neftchi"ga o'tib ketgan Ratinoning o'rnini bosish uchun olindi.

"Navbahor" "Baltika"dan transfer narxi 500 ming bo'lgan braziliyalik vinger Aleks Fernandesni ijaraga oldi.

"Lokomotiv" o'z tarkibiga qo'shib olgan markaziy yarim himoyachi Nikolay Ivanov o'tgan mavsum Belarusda 7 ta gol urdi va 7 ta assist berdi.

Narxi 450 ming evro bo'lgan polshalik hujumchi Pyotr Pajishek "Paxtakor"da Igor Sergeevning o'rniga olib kelindi. U faoliyati davomida "CHarlton", "Sent Truyden", "Zvolle", "Frozinone", "Leganes" kabi klublarda to'p tepgan.

Bundan tashqari "Dinamo" argentinalik himoyachi Salvador Sanches, "Navbahor" kongolik hujumchi Katulondi Kati va "Andijon" gruziyalik yarim himoyachi Aleksandre Andronikashvili bilan shartnoma tuzdi. Uchala futbolchining transfer narxi 400 ming evroga teng.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing