28 avg 16:30
Yangiliklar
Futbol
Terri Anri UEFA prezidenti mukofotiga sazovor bo'ldi
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri UEFA prezidenti mukofotini qo'lga kiritdi.
Bu haqda CHempionlar Ligasining qura tashlash marosimida elon qilindi.
Ushbu mukofot ulkan yutuqlar, yuksak mahorat va o'rnak bo'la oladigan shaxsiy fazilatlar uchun topshiriladi. O'tgan yili mazkur sovringa Zlatan Ibragimovich loyiq ko'rilgan edi.
Anri "Arsenal"dan tashqari "Monako", "Barselona", "Yuventus", "Nyu-York Red Bullz" va Franciya terma jamoasi safida o'ynagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar