18 fev 19:02
Yangiliklar
Xvicha Anrining antirekordini takrorladi! PSJ esa Monakoda g'alaba qozondi
Nishonga tegmagan zarbalar:
«Opta Sports» xabariga ko'ra, gruziyalik vinger mazkur o'yinda raqib darvozasi tomon 8 bor zarba yo'lladi. Biroq ularning birortasi darvoza sohasiga aniq bormadi. Bu ECHL tarixidagi antirekordning takrorlanishidir. Bungacha afsonaviy Terri Anri ikki bor (2004 yil «CHelsi» va 2006 yil CSKAga qarshi) shunday ko'rsatkich qayd etgan edi.
O'yin tafsilotlari:
Duening dubli va Ashraf Xakimining goli parijliklarga safarda muhim g'alabani taqdim etdi.
Monakoliklar safida esa Aleksandr Golovin 48-daqiqada maydondan chetlatildi.
Keyingi bekat — Parij:
Endi jamoalar 25 fevral kuni Parijda javob o'yinini o'tkazishadi. Xvicha o'sha bahsda o'zining "ko'z tekkan" zarbalarini to'g'irlab olishiga muxlislar umid qilmoqda.
Fikrlar