11 iyu 06:41
Yangiliklar
Kongo DR Ektor Kuperni istefoga chiqardi
O'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ektor Kuper Kongo DR terma jamoasi ustozligidan ketdi. Bu haqida Kongo DR futbol associaciyasi malum qildi. Kuperning istefosiga Kongo DR termasining 2023 yili o'tkaziladigan Afrika kubogining saralash bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvida mag'lubiyatga uchragani sabab bo'lgan. Kongo DR saralash bosqichida Gabon va Sudan terma jamoalariga mag'lub bo'ldi.
Kongo DR sport vazirligining qayd etishicha, Ektor Kuper o'z shartnomasida belgilangan ishlarni bajara olmagan. Murabbiy jamoani taktik, mashg'ulotlar va o'yin uslubi jihatidan qurishi lozim bo'lgan. Ammo jamoaning o'yinida o'sish kuzatilmagan.
"SHartnomani bekor qilish jarayoni muqarrar edi. Murabbiy jamoani qabul qilganidan beri ko'zlangan biror natijaga erishilmadi", -deyiladi Kongo DR sport vazirligi bergan bayonotda.
Fikrlar