So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

22 sen 10:34
Yangiliklar

Ot Sporti

Konkur bo'yicha Toshkent shahar ochiq chempionati bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Ot sportiKonkur
Poytaxtimizdagi ot sporti bo'yicha respublika oliy sport maktabi majmuasida to'siqlardan sakrash (konkur) yo'nalishida Toshkent shahar ochiq chempionati musobaqalari bo'lib o'tdi.

Musobaqada mamlakatimizdagi mavjud ot sporti klublari, jamiyatlar va sport maktablarining 100 nafarga yaqin chavondozi o'z yo'nalishlaridagi bahslarda g'oliblik uchun kurashga kirishishdi.

Ochiq chempionat musobaqalarini eng kichik ishtirokchilar – 12-14 yoshli sportchilar 5-6 yoshli otlar bilan boshlab berishdi. Mazkur yosh toifasida 23 nafar ishtirokchi o'z otlari bilan 100 santimetr balandlikka o'rnatilgan to'siqlardan sakrash bahslarida qatnashishdi.

– Musobaqaning o'tkazilishidan ko'zlangan maqsad eng avvalo yoshlarni ot sporti bahslariga keng jalb etishga qaratilgandi. Qaysidir manoda bunga erishdik. Bellashuvlar bahona hududdagi mahalla yoshlari ham turnirga chorlandi. SHuningdek, chempionat sababli poytaxtimizdagi iqtidorli sportchilar ko'rikdan o'tkazildi. Konkur mashg'ulotlarida qatnashayotgan ko'plab o'smirlar uchun musobaqa haqiqiy bayram bo'ldi,–deydi ot sporti bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi mutaxassisi Aloxon Azizov.

12-14 yoshli sportchilar o'rtasidagi bahslarda 1-o'rinni barcha to'siqlardan to'rt yarim daqiqaga yaqin vaqt ichida bexato sakrab o'tgan 13 yoshli Umar Dadaev “Bukmeker” laqabli oti bilan egalladi. 2-o'rin “Raport” laqabli otni boshqargan Firdavs Davronbekovga nasib qildi. Akbar SHaripov va “Kechmeker” “juft”ligi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

– Ot sportiga yoshligimdan qiziqaman. 2 yilga yaqin vaqtdan beri to'siqlardan sakrash mashg'ulotlarida qatnashib kelaman. Maktabimizda barcha sharoit yaratilgan. Birinchi musobaqamda g'olib chiqishni astoydil istagandim. Niyatimga erishdim. Kelajakda olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini jahon maydonlarida hilpiratsam, orzuimga erishardim, – deydi musobaqa g'olibi Umar Dadaev.  

Ochiq chempionatning keyingi musobaqalari o'smirlar va kattalar o'rtasida tashkillashtirildi. Uchar tulporlarning haqiqiy parvozi ko'rinishida o'tgan chempionatda muxlislar avvaliga “To'rtqashqa”ni olqishlagan bo'lsa, keyin ”Jayron”ning shiddatiyu, “Qorabayir”dagi o'ziga xos harakatni qo'llab-quvvatlashdi.

Yakunda bo'lsa, Sergey Antonovich “Ckay”, Humoyun Abdullaev ”Kacyus”, Oqiljon Sobirjonov ”Afsser” laqabli otlari bilan sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Musobaqada g'olib va sovrindor bo'lganlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirdlandi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz, matn - T.Ro'ziev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing