21 avg 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor boshqa vazn toifasiga o'tishni rejalashtirmoqda
UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor o'rta vazn toifasiga ko'tarilmoqchiligini aytdi.
"Suratlar barchasi yaxshi ketayotganligini ko'rsatdi. Tiklanish jarayoni kutilganidan yaxshiroq ketmoqda. Bu shifokorimdan yaxshi xabar. Suyagim bitganini his qilmoqdaman. To'pig'im ham yaxshi. Men yaxshi formadaman. Bu shunchaki chigalyozdi mashq.
Manavi ahmoqlarning gaplarini eshitib, qaytishga sabrim chidamayapti. Siz mayda o'rta vaznli Kelvin Gastelumni bilasiz. U jismonan yirik, ammo o'rta vaznda jang qiladi. Men ham vaznimni ko'tarmoqchiman. Hozir qanday vaznda ekanligimn bilmayman. Ko'ramiz, tarozi qanday ko'rsatarkin", - dedi Konor Makgregor.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar