19 jan 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor - Kovboy oqshomidagi Pettisning kutilmagan mag'lubiyati
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 246 turniri yakunlandi.
Muhtasham T-Mobile Arena mezbonlik qilgan kechaning yana bir qiziqarli jangida braziliyalik Diego Ferreyra engil vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Pettisga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Ushbu jangda ketma-ket beshta jangda g'alabaga erishgan Ferreyra favorit edi. Amalda ham shunday bo'ldi. Diego ikkinchi raundda nomdor raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Pettis qatorasiga ikkinchi jangida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ferreyra ketma-ket qozonilgan oltinchi jangida uchta nokaut qayd etdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar