05 mar 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor Abramovichga "CHelsi"ni qanchaga sotib olishini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor milliarder Roman Abramovichga "CHelsi" klubini qanchaga sotib olishi mumkinligini malum qildi.
Avvalroq, rossiyalik oligarx 2003 yildan beri egalik qilib kelayotgan jamoasini sotishga qaror qilganini aytgandi. Bunga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani va buning natijasida xorijdagi rossiyalik tadbirkorlarga sankciyalar qo'llanilayotgani va moliyaviy zarar eta boshlagani sabab bo'lgandi.
"Men bir yarim milliard funt sterling taklif qilaman", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan irlandiyalik.
Malumotlarga qaraganda, Abramovich "CHelsi"ni uch milliard funt sterlinga sotmoqchi. Konorning boyligi esa bor yo'g'i 300 million funt sterling atrofida ekani aytilmoqda.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar