06 dek 16:09
Yangiliklar
Konor Makgregor Islam Maxachevga qarshi jangga tayyor
"Men motivaciyaga to'laman. Yarim o'rta vazn toifasidagi ushbu kamar va alaloqibat uchtalik chempion unvonini qo'lga kiritishni xohlayman. Bu yaxshi jang bo'ladi - chapaqay chapaqayga qarshi. Islam vaznni ko'tarishga jurat etdi va yaxshi natija ko'rsatdi. Ko'ramiz, nima bo'larkin - men o'yinga qaytmoqchiman", - dedi irlandiyalik jangchi Bloody Elbow nashriga bergan intervyusida.
SHuningdek, Konor Makgregor 2026 yil iyun oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Oq uydagi UFC turnirida oktagonga qaytishini tasdiqladi.
"Biz shunchaki yakuniy tasdiqni kutyapmiz. Taxminimcha, fevral oyida ular aloqaga chiqishadi va match-meykingni boshlashadi. SHu boisdan ham men o'zimni formada ushlab turishim kerak. Kuniga ikki mahal mashq qilaman. Umid qilamanki, bo'lajak raqib Maykl CHendler bo'ladi. Lekin men istalgan sportchi bilan jang qilishga tayyorman. Qanday bo'lishini UFC hal qiladi - menga farqi yo'q!", - dedi Konor.

Fikrlar