07 mar 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: Istalgan ahmoq ham bir marta chempion bo'la oladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor chempionlik kamarlari haqida gapirdi.
"Menga mag'lubiyatga uchrab turib, kambekni amalga oshirish yoqadi. Biz har doim ham qaytishni uddalay olamiz! Istalgan inson bu ishni hayotida hech bo'lmasa bir marta bajara oladi. Ikkinchi marta-chi? Endi bu masala. Lekin men bu ishni amalga oshirganman. Istalgan axmoq bir marta chempion bo'la oladi", - deya o'z Tvitter sahifasida fikr qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor o'zining so'ngi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida o'tkazgandi. U UFC 229 turniri doirasida Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar