07 avg 15:57
Yangiliklar
Konor Makgregor Maxachev - Gerri jangiga o'z taxminini aytdi
Irlandiyalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasining fikricha, Machado Islam ustidan g'alaba qozonadi. Ushbu jang 16 avgust tongida AQSHning Filadelfiyasida bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
"Bu yigit haqiqiy istedod egasi va men Yen chempion bo'lishiga ishonaman", — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi Gerri bilan bo'lgan intervyu ostidagi izohlarda.
Ayni damda Maxachev UFC`da 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islam hisobida jami 28 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Rossiyalik sportchi Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena bilan to'qnash kelgan edi. Jangda UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari tikilgan bo'lib, u hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Maxachevning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Yen Gerri esa o'tgan yilning 22 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tgan so'nggi jangida asli falastinlik Belal Muhammadni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Irlandiyalik jangchining professional rekordida 17 ta g'alaba (shundan sakkiztasi muddatidan oldin) va bitta mag'lubiyat bor.

Fikrlar