26 avg 15:52
Yangiliklar
Konor Makgregor o'zini UFC`dan haydab yuborishlarini so'radi
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi dunyoning eng kuchli ligasi rahbarlaridan o'zini ozod etishni so'ragan.
"Qachon men ozod bo'laman?", - deya ijtimoiy tarmoqqa murojaat joylagan Konor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor 29 iyun kuni Las-Vegasda o'tgan UFC 303 turnirida uch yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklashi kutilgandi. O'sha kuni u amerikalik Maykl CHendlerga qarshi oqshomning markaziy jangida oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin irlandiyalik jangga ikki hafta qolgan bir paytda oyoq barmog'ini sindirib olgandi. Keyinchalik jangning yangi muddati sifatida 7 dekabr kuni o'tkaziladigan UFC 310 turniri aytilgandi. Ammo UFC rahbari Dana Uayt bu xabarni tasdiqlamagan edi.
Konor Makgregorning so'zlariga qaraganda, UFC bilan uning yana ikkita jang uchun shartnomasi bor.
Fikrlar