27 noy 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor yarim engil vazndagi chempionlik kamarini topshirdi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC kompaniyasi o'zining rasmiy saytida ikki vazn toifasida ilk va hozircha yagona jahon chempioni Konor Makgregor yarim engil vazndagi chempionlik kamarini topshirganini malum qildi.
Irlandiyalik jangchi o'zida faqatgina engil vazndagi chempionlik kamarini saqlab qoldi. Yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari endi Joze Aldoga o'tdi.
SHuning barobarida 10 dekabr kuni aynan shu vazn toifasida yangi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Entoni Pettis va Maks Xollauey o'rtasida jang tashkil etiladi.
Ushbu jang g'olibi esa keyinchalik Joze Aldo bilan to'qnash keladi. Bo'lajak jang g'olibi esa yarim engil vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Fikrlar