21 iyu 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Monako malikasi bilan suv velosipedida 180 kilometrlik poygaga kirishdi FOTOGALEREYA
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Monako malikasi SHarlin bilan o'ziga xos sayyohatni amalga oshirdi.
Ular suv velosipedida 180 km masofani o'zida mujassam etgan sayyohatni boshlab berishdi. Haqiqiy musobaqa sentyabr oyida o'tkaziladi.
"Ajoyib kun! Biz Monako malikasi SHarlin bilan suv velosipedida poyga tashkil qildik. Fenomenal sportchi va Olimpiadachi. Sentyabr oyida 180 km masofani o'z ichiga olgan bahsni boshlaymiz. Bugun esa suvda xavfsiz harakat qilishga urinib ko'rdik. Zoti oliyalalariga bugungi kun uchun minnatdorchilik bildiraman. Sentyabrni intiqlik bilan kutaman", — deya Instagram sahifasida xabar va uning ostida surat qoldirgan Makgregor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar