16 sen 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor: "Singan oyoq meni to'xtatib qoladi deb o'ylaysizmi? O'ylab ko'ring!"
Konor Makgregor Dastin Porega qarshi jangda olgan jarohati haqida fikr bildirdi.
"Tushkunlikka tushib qolgandim, bu oson bo'lmadi. Faoliyatimda parvozlar va qulashlar bo'lgan. Ammo bunisi eng aqlbovar qilmaslaridan biri edi.
Oson bo'lmadi, ammo men buni engib o'tdim. Oilam, yaqinlarim men bilan bo'lishdi. Sog'ayish davom etmoqda, oldinda uzoq yo'l turibdi.
Singan oyoq yoki suyak meni to'xtatib qoladi deb o'yladingizmi? Yana bir marta o'ylab ko'ring!", - dedi irlandiyalik sportchi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar