03 apr 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor va Pore shartnomaga qo'l qo'ydi
UFC sobiq chempionlari Konor Makgregor va Dastin Pore o'zaro uchinchi jang uchun shartnoma qo'l qo'yishdi.
Bu haqida MMA insayderi Ariel Xelvani malum qildi. Jang 10 iyul kuni UFC 264 kechasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ilk jang 2014 yilda o'tkazilib, unda irlandiyalik birinchi raundning o'zida Dastinni nokautga uchratgandi. Revansh shu yilning yanvarida o'tkazildi va bu safar Pore ikkinchi raundda Konorni nokaut bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar