04 avg 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor yil yakuniga qadar jang o'tkazadimi? UFC rahbari javob berdi
UFC prezidenti Dena Uayt ikki vazn toifasida tashkilotning sobiq chempioni Konor Makgregorning bu yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu yil Konor oktagonga qaytmaydi, uning jang uchun shartnomasi yo'q. SHu sababli ham uni 2020 yilda boshqa oktagonda ko'rmaymiz, bunga yuz foiz javob beraman”, - dedi Dena.
Eslatib o'tamiz, Konor so'nggi bor 2020 yilning yanvar oyida Donald Serrronega qarshi bahs olib borib, raqibini 40 soniya ichida nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar