08 may 16:38
Yangiliklar
Futbol

Konte "Napoli" bosh murabbiyligidan ketib, "Yuventus"ni boshqarishi mumkin
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.
Konte klubning transfer siyosatidan norozi. SHuningdek, nashrning yozishicha, italiyalik mutaxassisga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Konte 2011 yildan 2014 yilgacha "oq-qoralar" safida ishlagan.
Qayd etilishicha, Neapol klubida uning o'rnini "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri egallashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 35-tur yakuniga ko'ra A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. "Napoli" esa o'tkazilgan shuncha o'yindan so'ng Italiya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : TuttoMercato
Fikrlar