22 mar 09:49
Yangiliklar
Konte shu haftadayoq istefoga chiqarilishi mumkin
"The Guardian" xabariga ko'ra, ushbu haftada Antonio Konte istefoga chiqishi kutilmoqda. Uning o'rniga esa mavsum yakuniga qadar Rayan Meyson bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashi mumkin.
"SHporlar" direktorlar kengashi vakili Daniel Levi ayni damda jamoaga top-murabbiy olib kelish juda qiyinligini tushunmoqda. CHunki "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Antonio Kontening aytgan gaplari sababli ko'plab nomzodlar rad javobini bergan.
Klubdan tashqaridagilarning fikriga ko'ra, o'tgan mavsumda Konte boshidan baland sakrab yuborgan va jamoaga ECHL yo'llanmasini taqdim qilgan. Ushbu mavsumda esa jamoaning asosiy darajasi ko'ringan.
Hozirgi paytda "Tottenxem"ni boshqarishni istayotgan murabbiylar yo'q. Bu borada klubdagilar muhokamalarni davom ettirishmoqda.
Fikrlar