15 iyu 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme CHendler-Makgregor jangi haqida: "Aldo bilan sodir bo'lgan voqea sen bilan ham takrorlanishi mumkin"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi.
"Agar raqibingda his-tuyg'ularni uyg'ota olsang o'zingga yaxshi bo'ladi. Oktagonga kirganingda hissiyotga berilmasliging kerak. Agar Konor kabi jangchi seni his-tuyg'uga berilishingga sababchi bo'lsa, Xose Aldo bilan sodir bo'lgan voqea sen bilan ham takrorlanadi. Jang boshlanganidan 15 soniya o'tgach, nokautga uchraysan. Aldo juda ham hayajonlangani uchun Konor uni nokautga uchratgan.
Xabib Nurmagomedov bilan bo'lgan jangni esla, u o'z his-tuyg'ularini ushlab, so'ng oxirida portladi. Xo'sh, Makgregorning tresh-tokini CHandler The Ultimate Fighter syomkasida eplay oladimi? U Aldo yoki Xabib kabi bo'la oladimi?" - dedi Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar