31 dek 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme Jons bilan jang uchun o'z shartlarini elon qildi
Aralash qoidalar bo'yicha og'ir vazn toifasida UFC chempioni Daniel Korme yarim og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsga qarshi oktagonga chiqishi mumkin.
Korme yarim og'ir vaznda sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Jon esa kecha shveciyalik Aleksandr Gustafssonni mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Daniel qanday holatda Jons bilan jang qilishi mumkinligini aytdi.
“Jonsning faoliyati dopingdan iborat desa ham bo'ladi. Agar dopinglarni olib tashlasa, uning UFCdagi faoliyatida hech narsa qolmaydi. Qachon bu illatdan qutulsa, men Jonsga qarshi oktagonga chiqaman”, - dedi Korme.
Havola :
Fikrlar