27 fev 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme uchta kamar uchun kurasha oladigan uch nafar UFC jangchisini sanab berdi
Daniel Korme Iliya Topuriya, Aleks Pereyra va Xamzat CHimaev uchta vazn toifasida ham yuqori darajada jang qila olish salohiyatiga ega ekanini bildirdi.
Hozirda Topuriya engil vazn chempioni, CHimaev o'rta vazn chempioni, Pereyra esa yarimog'ir vazn chempioni hisoblanadi.
"Menimcha, Topuriya uchta kamar uchun jang qila oladi. Pereyra ham shunday. CHimaev esa uchta vazn toifasida juda yuqori darajada chiqish qila oladi. U 170 funtda (yarimo'rta vazn) kamar uchun jang qilmagan, ammo 185 funtda (o'rta vazn) chempion. Agar u 205 funtga (yarimog'ir vazn) ko'tarilsa, divizionning hozirgi holatini hisobga olsak, u erdagi jangchilar uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Hozir juda qiziq davr, ayniqsa CHimaev jamoasi uchun — go'yo butun dunyo uning oyog'i ostida. Va u bunga beparvo qaramaydi. Keyin nima qilishini ko'ramiz", — dedi Korme.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar