25 avg 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev g'alabasini marhum Dadashevga bag'ishladi
Yarim og'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Sergey Kovalev navbatdagi kamar himoya jangida Entoni Yardni mag'lub etishni uddaladi.
Sergey esa g'alabasini marhum Maksim Dadashevga bag'ishladi.
“Menga ishonganlarga hamda qo'llab - quvvatlab turganlardan minnatdorman. Bu g'alabamni esa Maksga bag'ishlayman. U o'zga olamda bekamu-ko'st bo'lsin”,-dedi Kovalev g'alabasidan so'ng.
Eslatib o'tamiz, Maksim Dadashev 20 iyul kuni boksdagi jarohat tufayli vafot etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar